Izohli lug‘at
chiqit
чиқит
Ma’nolari
- . Chiqindi, qoldiq.
- . Yaroqsiz narsa; brak.
- . Chiqindiga chiqarilgan, past nazar bilan qaraladigan (odam haqida).
- . Asosiy ishdan chetda qolgan.
Misollar
- Bosmaxona chiqitlari.
- Har tarafga tarqab yurgan tovuqlardan ikkita-uchtasi sigir oxuri tagidagi yuzaroq poʻchoqlarni, shunga oʻxshash sabzavot chiqitlarini titish bilan mashgʻul. — "Yoshlik".
- Kecha akt bilan chiqitga chiqarilgan restoranning nimdosh choynak-piyolalaridan bir dastasini uyga yuborsak boʻlardi-yu.. — N. Aminov — Yolgʻonchi farishtalar.
- U vaqtlarda xoʻjayinlar qambagʻalni odam qatoridan chiqit hisoblashgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Brigadada koʻp odam chiqitga chiqib ketadi. Brigadirlarning oʻzi, oshpaz, tabelchi, aravakash, yasli xodimi, shiypon qorovuli. — S. Nurov — Parvoz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0