Izohli lug‘at
chiqmoq
чиқмоқ
Ma’nolari
- Yuqoriga, balandga yoki biror narsa ustiga koʻtarilmoq.
- Biror transport vositasiga tushmoq, oʻtirmoq, minmoq.
- Biror harakatni amalga oshirish yoki biror narsaga erishish maqsadida muayyan joyga bormoq.
- Biror maqsadda uzoq joyga bormoq, turgan joyidan uzoqlashmoq.
- Tabiiy yoʻnalishini oʻzgartirmoq, toshmoq.
- Koʻtarilib, balandlashib, biror da-rajaga yetmoq (turli jarayonlar haqida).
- Umrning maʼlum bir mudsatiga, pay-tiga yetmoq.
- Biror harakat, urinish natijasida yangi bir holatga oʻtmoq, erishmoq, yetmoq.
- Ichkaridan tashqariga yoʻnalmoq, ich-karidan tashqariga harakatlanib, maʼlum joyga yetmoq.
- Chuqur joydan yuqoriga harakatlanib, uni tark etmoq.
- Belgilangan yoʻldan, yoʻnalishdan toymoq, chekinmoq.
- Boʻshalmoq, qutulmoq, ozod boʻlmoq (hayvon va parrandalar haqida).
- Sugʻurilmoq, ajralib ketmoq.
- Qiyin sharoitdan yoki biror mav-sumdan oʻtib olmoq.
- Bunyod qilinmoq, yasalmoq, ishlov be-rilmoq.
- Biror faoliyat doirasidan chetda qol-moq; faoliyatni toʻxtatmoq.
- Biror joydan, tabaqadan paydo boʻlmoq, yuzaga kelmoq, biror darajaga yetish-moq.
- qiyofasini aks ettirgan asarlari ham tomoshabin eʼtiborini tortadi. Gazetadan.
- Biror ruhiy holatdan qutulmoq.
- Biror narsadan bezor boʻlmoq, ze-rikmoq yoki koʻtara olmay qolmoq.
- Tamom boʻlmoq, oxirlamoq, oʻtmoq, tugamoq, kechmoq.
- Vujudga kelmoq; paydo boʻlmoq.
- Topilmoq.
- Yuzaga kelish eʼtibori bilan biror manbaga mansub boʻlmoq.
- Nashr boʻlmoq, chop etilmoq, bosil-moq.
- Mahsul, samara, natija sifatida yuzaga kelmoq.
- Biror ish, joy, tashkilot va shu kabilardan ajralmoq, uzilmoq, ajralib, uzilib qol-moq; tashlab ketmoq.
- Aloqani uzmoq, ahdni buzmoq, aj-ralishmoq.
- Uchramoq, yoʻliqmoq, paydo boʻlmoq.
- Qazish, kovlash natijasida topil-moq, koʻrinmoq.
- Oʻrnidan qoʻzgʻalmoq (boʻgʻim suyaklari haqida).
- Roʻy bermoq, sodir boʻlmoq.
- Osmonda koʻrinmoq, paydo boʻlmoq (osmon jismlari haqida).
- Turtib, boʻrtib turmoq.
- Toshmoq, sirtga tepmoq.
- Sirtga tepmoq, ajralib namoyon boʻlmoq, koʻrinmoq.
- Tepaga koʻtarilib, atrofga yoyilmoq; toʻzgʻimoq (chang haqida).
- Muayyan tarzda eshitilmoq (tovush, ovoz haqida).
- Natija sifatida yuzaga kelmoq.
- Biror belgi-xususiyati yuqori da-rajaga yetmoq.
- Tarqalmoq, taralmoq (hid haqida).
- sprt. Mot boʻlish vaziyatini oʻzgar-tirib, undan qutulmoq (shaxmat oʻyiniga nisbatan).
- Televizor yoki radio orqali soʻzlamoq, biror harakatni bajarmoq.
- Chekiga, nomeriga va shu kabilarga toʻgʻri kelmoq.
- Unmoq, koʻkarmoq (oʻsimliklar ha-qida).
- Tabiiy taʼsir natijasida matodan ajralib, uning sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoq (gazlamaning rangi haqida).
- Koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmalari tarkibidagi -i(b) qoʻshimchali ravishdosh-lar bilan kelib, ish-harakatning toʻliq bajarilganligi va tugallanganligini bil-diradi (maye.,
- Qoʻshma feʼllar tarkibida keladi. Mac.,
- Abjagʻi chiqmoq q. abjaq.
Misollar
- Tepaga chiq-moq. Daraxtga chiqmoq. Toqqa chiqmoq. sht Horovul tepalikka chiqib, har tomonni diqqat bilan koʻzdan kechirdi. — "Yoshlik".
- Alpinistlar shu choʻqqiga chiqib, uni zabt etishga ahd qildilar. — Gazetadan.
- Avtobusga chiqmoq. m
- Fosih afandi soʻriga emas, izvoshga chiqdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona, t. o.
- Doʻkonga chiqdi. Suvga chiqdi. m
- U bir kuni sakkiz yuz yigit bilan ovga chiqibdi. — "Bulbuligoʻyo".
- -Nega yana Erali bilan toʻyga chiqding? — dedi er. — N. Aminov — Qahqaha.
- Erining namoz oʻqish uchun masjidga chiqishi yangilik emas. — "Sharq yulduzi".
- Bir soatdan soʻnguzoq yoʻlga chiqaman. — E. Samandar — Daryo-sini yoʻqotgan qirgʻoq.
- Muqbil bir qalan-dar suratiga kirib, safarga chiqibdi. — "Chal-pak yoqqan kun".
- Suv toshib, qirgʻoqqa chiqdi. sht Faqat anhor oʻz oʻzanidan chiqolmadi. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Issigʻi qirqqa chiqdi. Qon bosimi yuzga chiqdi.
- Yoshim qirqqa chiqdi. n
- -Hisob-lasam, bir kam toʻqsonga chiqibman, — dedi chol. — "Yoshlik".
- Ozodlikka chiqmoq. m
- Oyning oʻn beshi koron gʻi boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ — biz ham yorugʻ kunlarga chiqamiz. — "Yoshlik".
- Susambilliklar endi tamom erkinlikka chiqib.. sal kunda semirib ketibdilar. — "Chalpak yoqqan kun".
- Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. — Maqol.n
- Lip etib bir qora sharpa uydan chiqib ketdi. — E. Samandar — Daryosini yoʻ-qotgan qirgʻoq.
- Joʻra qiziq indamay, boshi egilganicha, kabinetdan chiqib ketdi. — S. Karomatov — Bir tomchi qon.
- Kelin uydan hovli-ga chiqdi. — "Yoshlik".
- Oʻradan chiqmoq. Jardan chiqmoq. yat Bu orada Hasan akalar ham chuqurlikdan chiqib olishadi. — Sh. Xolmirzayev — T. Usmonov, Soʻnmas oʻt.
- Mashina izdan chiqdi. Oʻquvchi daftar chizigʻidan chiqib ketdi.
- Tulki qop-qondan chiqib, qochib qoldi. — Gazetadan.
- Bur-gut changalidan chiqish oson emas. — M. Mansurov — Yombi.
- Erinmasdan toʻr toʻqiyman, ilingan joyga tuzoq yozaman.. toki oʻlja qoʻldan chiqmasin. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Mashi-naning gʻildiragi chiqib ketdi.
- Qirq oltinchi yil ogʻir keldi.. Urushdan yangi chiqilgan, odamlar ezilgan. — Oʻ. Hoshimov — Ikki eshik orasi.
- [Taqinchoqning] Tilla simdan toʻqil-gan ikki juft shokilasi, xuddi kecha zargar qoʻlidan chiqqandek, yarqiraydi. — M. Mansurov Yombi.
- Shoir qalamidan chiqqan misralar qogʻozga shiddat bilan bitilmoqda edi. — Gazetadan.
- Urfdan chiqmoq. sht Hoy Abdumajid, nima balo, xotining odamgarchilikdan chiqib qolganmi, deyman. — S. Ahmad — Ufq.
- Hozirga kelib.. grammatikalizatsiya asosidagi usullar isteʼmoldan chiq-qan. — "OʻTA".
- Ishchidan chiqqan yozuvchi. Sendan yaxshi futbolist chiqadi. yat Musavvirning Sharq xalqlari orasidan chiqqan mashhur kishilar..
- Tamaki asli Hindistondan chiqqan. — K. Qah-horova — Chorak asr hamnafas.
- Sen kallava-ramdan kosmonavt tugul, shofyor ham chiq-maydi. — N. Norqobilov — Toʻqnashuv.
- U gazetani yoniga qoʻyib, bir necha minut stolni chertib, hozir oʻqigan narsalari taʼsiri-dan chiqolmay turib qoldi. — S. Ahmad — Ufq.
- U oshdan chiqib qoldi. Yosh bolalarning xarxashasidan juda chiqibman.
- Chilla chiqdi. m
- -Ha, endi qish chiqdi, — deyishdi koʻzli dehqonlar. — R. Rahmon — Mehr koʻzda.
- Ma-shinaning "Matiz" degan yangi xili chiqibdi.
- Yoʻqolgan narsa uyimizdan chiqdi. Gʻordan chiqqan boylik. torn Uch kundan keyin ming soʻmga oluvchi xaridor chiqadi. — A. Qahhor — Sarob.
- Oʻtirganlardan biri irgʻib oʻrnidan turdi-yu, dahlizning eshigini ochib, qattiq ishvirladi: -Moʻydin, kir, arizang chiqdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Rasmiy doiralar-dan chiqqan xabar. yat -Bunaqa gaplar kim-dan chiqadi? — dedi Ahmedov miyigʻida kulib. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Kitob bosmadan chiqdi. m
- -Maqola vaqtida chiqdi, — dedi Safarov, — ayni vaqtida chiqdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Quruq gapdan foyda chiqmaydi. Besh kilogramm gilosdan necha kilogramm murabbo chiqadi? Soʻnggi pushaymondan naf chiqmas. — Maqol. ■■
- Har qutidan yetmish sakkiz kilodan pilla chiqsa boʻladimi! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Tashkilotdan chiqmoq. Xalqqa suyansang, boʻlasan, Xalqdan chiqsang, soʻlasan. — Maqol. ■■
- Musulmonqulga taraf-dorlaringiz boʻlsa, tinchlikcha qoʻshindan chiq-sin! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oʻrtoqchilikdan chiqmoq. Erdan chiqmoq.
- Sarvinozning qarshisidan kutilmaganda oʻsha yigit chiqib qoldi. — "Yoshlik".
- Bogʻning bir chekkasidan chiroyli kiyik chiqib qolibdi. — "Bulbuligoʻyo".
- Neft chiqdi. Gaz chiqdi. Yer-ni qazimasang, oltin chiqmas. — Maqol. n
- Tuproq qatlami tagidan tarix guvohlari — har xil ashyolar chiqdi. — Gazetadan.
- Qoʻlim chiqib ketdi. vt Lutfulla qalʼa devoridan sakrab, oyogʻi chiqdi. — Mirmuhsin — Qahramonnoma.
- Toʻpolon chiqdi. Kelishmovchilik chiqdi. m
- Azizxon bu suratni koʻrib qolib, oynani sindirib, su-ratni yirtib tashlagan, katta janjal chiqib, zoʻrgʻa militsiya qoʻlidan qochib qolgan edi. — S. Ahmad — Ufq.
- Hali quyosh chiq-magan, suv yuzida nozik tuman pardasi sil-kinib turardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga qu-loq sol.
- Togʻu toshni qoplaydi sukut, Oy bulutga oʻranib chiqar. — "Yoshlik".
- Yonoqlari chiq-qan qiz. n
- Uning [Bashirjonning].. yelkalari chiqib, qomati oldinga engashib qolgandek edi. N. Aminov, Qahqaha
- Yara chiqdi. Soʻgal chiqdi. yaya [Qizning] Lablariga uchuq chiqib ketibdi. — "Sharq yulduzi".
- Isitmasi chiqdi. yat [Ka-rimning] Peshonasiga ter chiqdi. — "Sharq yulduzi".
- Koʻzlaridan yosh chiqib ketdi. — A. Koʻchi-mov — Halqa.
- Yor yurgan koʻchalarni supuray sochim bilan, Changi chiqsa, suv sepay koʻzdagi yoshim bilan. — "Qoʻshikdar".
- Torning ovozi jaranglab chiq-di. yash -Bas qil, hoy! — Mahmudaning ovozi battar xirillab chiqdi. — "Yoshlik".
- Ovozi yigʻi aralash qaltirab chiqdi. — "Sharq yulduzi".
- Chiz-gan suratim notoʻgʻri chiqdi. — "Yoshlik".
- Dal-varzintepadan topilgan.. qurollar ham antika chiqib qoldi. — "Fan va turmush".
- Direk-torning gapi aks boʻlib chiqdi. — "Yoshlik".
- Ammo uning taxmini notoʻgʻri chiqdi. — "Yoshlik".
- Uvadasi chiqqan toʻn. m
- ..bar-xanlar orasida yagʻiri chiqqan toʻrtta oʻtov qadrostlagan. — Gazetadan.
- Mansur chemodanni ochgan edi, uyga handa-lakninghidi chiqib ketdi. — "Yoshlik".
- Oqlar yurishni oʻzgartirib, vazi-yatdan chiqib ketdi. — Gazetadan.
- Televizorda ashula aytib chiqdi. Radioda chiqdi.
- Lotereyaga mashina chiqdi. Chiptasiga jek-nom chiqdi.
- Boychechak chiqibdi, navroʻz ekan.. — "Qoʻ-shikdar".
- Rangi chiqadigan chit. Koʻylagini yuvgan edi, rangi chiqib, ola-bula boʻlib qoldi.
- qarab chiqmoq, koʻrib chiqmoq, sanab chiqmoq). yash Ertalabgacha mijja qoqmay, oʻshab chiqdim. — "Sharq yulduzi".
- [Qora qoplon] Xonaning u yoq-bu yogʻiga koʻz tashlab chiqib, karavot ustida yotgan kitobni koʻ-rib qoldi. — K. Yashin — Hamza.
- soʻzga chiqdi, olib chiqdi, qarshi chiqdi.
- Fashistni ur, abjagʻini chiqar, u yogʻi bilan ishing boʻlmasin. — Oybek — Tanlangan asarlar. Avj(i)ga chiqmoq q. avj 2.
- Qiy-chuv qilishib, kulgilar avjga chiqdi. — "Sharq yulduzi". Boshiga chiqmoq q. bosh. Boshingiz toʻydan chiqmasin "Har doim xur-sand boʻlib yuring" maʼnosida aytiladigan tilak.
- "Boshingiz toʻydan chiqmasin", deb ti-lar ekanlar-u, ammo bu tilak hamma vaqt ham amalga oshavermas ekan. — N. Safarov — Olov-li izlar. Gapdan ran chiqib q. ran.
- Gapdan gap chiqib: -Abdullajon, — dedilar Izzat Otaxonovich, — Namangandan Sanjar Tilla kelgan. — K. Qahhorova — Chorak asr hamnafas. Daragi chikdi Topildi, topilgani haqida xabar keldi.
- Uch kun deganda opasining daragi chiqdi. — "Sharqyulduzi". Joyi chiqmoq Mu-nosib, koʻngildagidek kuyov (yigit) uchra-moq.
- Yangang ham [qizlarning] joyi chiqsa, uzatmoqchi birin-ketin. — S. Nurov — Narvoy. Jon(i) chiqmoq q. jon.
- Chiqmagan jondan — umid. — Maqol. n
- ..boʻridan bir qoʻzini ajra-tib olgan edi. Joni chiqmagan ekan. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Menga nasihat qilaverib, jo-nimni chiqarmang'. Oydin, Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit? Izdan chiqmoq q. iz.
- Mehnat intizomi izdan chiqdi. — "Sharqyulduzi". Ish-dan chiqmoq q. ish.
- Agar mashina va uskuna-lardagi tebranishlar oldi olinmasa, bora-bora ular ishdan chiqishi.. mumkin. — "Fan va turmush". Yoʻldan chiqmoq Aynimoq, yomon odatga oʻrganmoq.
- Toʻgʻri yoʻldan chiqma, zinhor adashma. — Habibiy. Misi chiqdi q. mis. Narxi osmonga chiqdi Narxi juda qimmat boʻlib ketdi.
- Kartoshkaning narxi dehqon bozorida osmonga chiqibketdi. — Gazetadan. Ogʻziningbir chekkasidan chiqib ketaveradi Mulohaza kil-may aytaveradi. Pulingga chechak chiqqanmi? q. chechak II. Soʻz(i)ning ustidan chiqmoq Vaʼ-da qilgan ishini amalga oshirmoq.
- Oshno soʻziningustidan chiqdi. — M. M. Doʻst, Lolazor. Tili chiqmoq q. til II 2.
- [Bola] Tili chiqib, chuldirab qoldi. — "Sharq yulduzi". Turmushga chiqmoq q. turmush.
- Qizimiz turmushga chiqib ketdi. — Mirmuhsin — Umid. Uddasidan chiq-moq q. udda. Eplamoq; bajara olmoq. Odil-bekdan boshqa kishi bu ishning uddasidan chi-qolmaydi. "Bulbuligoʻyo". Umidi puchga chiqmoq Orzusi amalga oshmay qolmoq.
- Yoʻq, Qizgul-ning bu umidi ham puchga chiqdi. — "Sharq yulduzi". Figʻoni falakka chiqmoq q. falak.
- Ho-jining figʻoni falakka chiqdi. — "Fan va turmush". Chuvi chiqmoq q. chuv II. Yuz joyiga pi-choq ursang, bir joyidan qon chiqmaydi. Har qancha gapirsang ham, taʼsir qilmaydi. Enka-tenkasi chikdi 1) qiynalib ketdi.
- ..otni toʻxtatib, qayirib olguncha, Qudrat-ning enka-tenkasi chiqdi. H. Nazir, Koʻkorol chiroqlari; 2) toʻsatdan qattik koʻrqmok
- Ja-milaning oʻz yonidan gʻoyib boʻlganini payqa-may qolibdi. Birdan enka-tenkasi chiqib, oʻrnidan turgan edi.. yiqilib tushdi. — Mirmuhsin — Jamila. Yuzaga chiqmoq q. yuza. Yura-gi qinidan chiqmoq q. yurak.
- Yuragi qinidan chiqib, qotib qoldi. — "Sharq yulduzi". Quyush-qondan chiqmoq q. quyushqon.
- -Quyushqondan chiqmang-da bunday, joʻrajon! — dedi Zarif Sayfining yelkasiga qoʻl tashlab. — Gazetadan. Hasratidan chang chiqadi q. chang I.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0