Izohli lug‘at
chirillamoq
чирилламоқ
Ma’nolari
- "Chir-chir" qilmoq; chigʻillamoq.
- ayn. Qattiq yigʻlamoq (chaqaloq, goʻdak haqida).
- Kuyinib, iztirob bilan, yigʻi aralash soʻzlamoq.
- ayn. chir-chir aylanmoq q. chir-chir.
Misollar
- Bu kecha ham boʻrilar uvlar, Chirildoqlar chirillar bir-bir. — "Yoshlik".
- U yer-bu yerda chigirtka erinib chirillaydi. — "Yoshlik".
- Beshikda yotgan bolakay tinimsiz chirillardi. — "Yoshlik".
- Chirillab, akam, deb tursa boshimda, Qaldirgʻoch — shoʻrlik jigarim boʻlmadi. — "Alpomish".
- Uzala tushib yotgan bolasining tepasida xola "Onang oʻlsa boʻl-masmidi, bolam!" deb chirillardi. — "Sharq yulduzi".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0