Izohli lug‘at
chirkin
чиркин
Ma’nolari
- [Kir, iflos]
- Chirk bosgam, chirk bosib qoraygan; xira.
- Qatirma kir, yag'gir, isqirt, iflos.
- Razil, qabih, tuban.
- Chirik, chirigan, oʻlib borayotgan.
Misollar
- Chirkin va siniq shishalar.
- Ular gullarni sevadilar. Kiyimlari chirkin boʻlsa ham, chakkalariga gul qistirib yuradilar. — Oybek — Tanlashan asarlar.
- Ulardan biri yengli maykada. boshiga.. chirkin doʻppi kiygan. — N. Aminov — Qahqaha.
- Chirkin hayot. Chirkin ma'naviy qiyofa.
- Bu chirkin yotoqxonada joy uchun ijara toʻlaysizlar-a! — Oybek — Nur qidirib.
- U/Sulton Husayn/ kecha bir daqiqalik chirkin hisga berilib, bemaʼni ish qilganidan pushaymon edi. — M.Osim — Karvon yoʻllarida.
- Oʻtmishning chirkin qoldiqlari jamiyatimizga isnod keltiradi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0