Izohli lug‘at
chiroyli
чиройли
Ma’nolari
- Husni odatdagidan ortiq; goʻzal; koʻrkam.
- Koʻrinishi, tashqi qiyofasi koʻzga yoqimli koʻrinadigan.
- Manzarasi koʻzga yoqimli; koʻrkam.
- Yaxshi; oʻrinli; manzur.
- Yoqimli, jozibali, batartib; oʻrniga qoʻyib.
Misollar
- Chiroyli qiz.
- Cholning kelini chiroyli, oppoq, koʻzga yaqin juvon edi. — "Yoshlik"
- Shaharda shunday chiroyli qizlar bor - koʻrsang, ogʻzing ochiladi. — "Yoshlik"
- Eng chiroyli qush deganda, hammaning koʻz oʻngiga oqqush kelishi tabiiy. — Gazetadan
- Bilasizmi, dunyoda chiroyli narsalar shunday koʻpki! Oʻrmon, kapalak, tong, oʻtloq, tun.. — Asqad Muxtor — Davr mening taqdirimda
- Fargʻonadan yoʻlga chiqqan yengil mashina chiroyli asfalt yoʻlda uchib borardi. — Mirmuhsin — Umid.
- -Markaz chiroyli boʻlib ketdi-a, odam suyunadi, - dedi Charos mamnun jilmayib. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Chiroyli gap. Chiroyli toʻy.
- Chiroyli maʼruzaga mahliyo boʻlib, ruhiyatimda sustkashlik boshlandi. — X. Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar.
- Ming afsuski, hozir toʻylarda oʻyin-kulgi, chiroyli anʼanalar sanʼatini namoyish qilish emas, isrofgarchiliklar meʼyoridan oshib ketadi. — Mirmuhsin — Umid.
- Har bir ota-ona orziqib koʻrgan farzandiga chiroyli va maz-mundor ism qoʻyishga harakat qiladi. — Gazetadan
- Chiroyli gapirmoq. Chiroyli kodam taiglamoq. Chiroyli kiyinmoq. a
- -Voy, shunaqami? — Oftob oʻspiringa qarab, chiroyli jilmaydi. — M. Mansurov — Yombi.
- Biror ishni puxta va chiroyli qilgan odamni tangri doʻst tutadi. — "Fan va turmush"
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0