Izohli lug‘at
chizmoq
чизмоқ
Ma’nolari
- Chiziq tortmoq, tushirmoq.
- Tushirmoq, solmoq, tasvirlamoq (rasm yoki soʻz bilan).
- Tizmoq, qator qilmoq.
- Koʻrsatmoq, koʻrsatib bermoq (yoʻl, reja va shu kabilarni).
- Yer chizib qolmoq (yoki oʻtirmoq) Uyalib, yerga qarab qolmoq, oʻngʻaysiz ahvolga tushib qolmoq.
Misollar
- Toʻgʻri chiziq chizmoq. yash Bogʻcha bolasi va mak-tab oʻquvchisi maktabga borish yoki qaytish-da koʻchadagi daraxtlarni sindirsa, uy de-vorlariga chizib oʻtsa.. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Shtab boiiigʻi Yoʻldosh yasama stolga mukka tushib, nimalardir chizardi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Rasm chizmoq. n
- Yurtim, suratingni entikib chizsam, Sening sura-tingni chizsam, onajon! — X. Davron.
- Kumush-ning bu daqiqadagi holini qalam bshshn chizib koʻrsatish, albatta, mumkin emas edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bobur lirikasida maʼshuqa obrazi katta mahorat bshan chizilgan. — "OʻTA".
- Qoʻshiq, boston sababin Chizib ketdi bittalab. — Gʻay-ratiy.
- [Hoji] Otabekni epaqaga olish uchun unga kulgi tuyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Men bir vaqt senga yoʻl chizib bergan edim-ku, shundan chiqma: Paxtani birinchi qoʻldan ol. Dehqonlarga pulni qishda tarqat. Pul bashn oyogʻiga ki-shanur. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qambara,sh aka qizarib, yer chizib oʻtirar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqla-ri.
- Yusuf yer chizib, qsht etmasdan oʻtirardi. — "Yoshlik".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0