Izohli lug‘at
chopmoq
чопмоқ
Ma’nolari
- I 1 Biror yoʻnalishda oyoqlar bilan juda tez harakat qilmoq, yugurmoq.
- Otga mingan holda uni yugurtirmoq.
- Koʻpkari musobaqasida qatnashmoq, ishtirok qilmoq.
- Biror maqsadni amalga oshi-rish uchun tegishli joylarga bormoq, kara-kat qilmoq.
- Irgʻimoq, oshmoq (erkak hayvon haqida).
- Baxti (yoki omadi) chopmoq Baxti, omadi
- kelmoq. Oʻylab koʻrsam, ukam, baxting cho-pibdi. "Oysuluv".
Misollar
- Koʻpincha Azizxon smenadan chiqardi-yu, adir yoqalab "Qirgʻizovul"ga chopardi. — S. Ahmad — Ufq.
- Kamma tezlik bilan qiyalab chopayotgan Fo-zil aka duch kelgan xarsangdan hatlayotib, qoqilib tushibdilar. — M. Xidir — Qirgʻoqlar.
- Buvisi buvasi bilan yonma-yon ot chopib, dushman bilan olishgan ekan. — Oʻ. Umarbekov — Boboyongʻoq.
- Uloq chopmoq. m
- Koʻpkari-ni chopib yotir Oʻn ikki mingcha boybachcha. — "Gulshanbogʻ".
- -Uyoqqa chopdim, bu yoqqa chopdim, oxiri ishimni bitirdim, — dedi xola. — Gazetadan.
- Ayollar bobida omadim chopmagan. — M. M. Doʻst, Lolazor. Betga (yoki yuzga) chopmoq Raʼy-andisha qilmay, qattiq, shartta gapirmoq.
- Bechora Zebi.. Qanchadan-qancha zahru zaqqum yutdi-yu, hech kimning rahmi kelmadi. Yordam qilish oʻrniga, yuziga chopdilar, noloyiq xotin, qoʻshnimizning ten-gi emas, dedilar. — Sh. Rashidov — Qudratli kuch. Koʻngli chopmadi Biror xatti-harakatni amalga oshirishga yuragi betlamadi, yuragi dov bermadi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0