Izohli lug‘at
choy
чой
Ma’nolari
- Bargi damlab ichiladigan, janubiy oʻlkalarda oʻsuvchi doimiy yashil buta daraxti, buta.
- Shu oʻsimlikning quritib maxsus ishlangan, maydalangan, damlab ichiladigan barglari.
- Shu oʻsimlikning maxsus ishlangan, maydalangan barglaridan damlangan xushboʻy ichimlik.
- Shu ichimlik bilan birga ovqatlanish.
- Olma choy q. olma. Sut choy Sutli choy. Choy puli ayn. choychaqa. Choy qoshiq Osh qoshikdan kichikroq metall qoshiq.
Misollar
- Choy plantatsiyalari. Choy oʻsimligi 2-3 yoshlik boʻlganda, tuplarga shakl beriladi, yon shoxlar kesiladi. — "OʻzME".
- Koʻk choy. Hind choyi. Seylon choyi. Gruzin choyi. Bir damlam choy. Choy quti. Koʻkragimda voyim qoldi, uch yumaloq choyim qoldi. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli.
- Koʻk choyni koʻk choynakka damlab, koʻk koʻzli, koʻylagi koʻk Karimga berdimi? — Tez aytish.
- Bir piyola choy. Achchiq choy. Issiq choy. Yaxna choy. Hindining ichgani asl choy boʻlar. — "Gulnorpari".
- Ertalabki choy. Tushki choy.
- Sidiqjon choyni kutmay, ishga ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- [Anzirat xola] Choy mahalida goh kulib, goh yigʻlamsirab, oʻzi, bolalari toʻgʻrisida gapirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Murabbo ola turib, choy qoshiqni tushirib yubordim — kuyov buniyam sezdi. — M. M. Doʻst — Lolazor. Qora choy 1) qurugʻi qora tusda, damlaganda, toʻq qizgʻish rang chiqaradigan choy; 2) sutsiz choy.
Kelib chiqishi
[ t.f. xitoycha - cha ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0