Izohli lug‘at
chuldiramoq
чулдирамоқ
Ma’nolari
- Shaldiramoq, shil-diramoq.
- Chuldir-chuldir, yoqimli ovoz bilan sayramoq.
- Goʻdakka xos gapirmoq; bijirlamoq.
- Chuddirab qolmoq Kayfi oshib yoki dov-dirab, tili gapga kelmay qolmoq.
Misollar
- Bahor chogʻi chuldiragan irmoqlar-dan.. Salom boʻlsin saxovatli yil boshiga. — A. Oripov.
- Jilgʻalarda suvlar pastliklarga shitob bilan chuldirab oqa boshladi. — S. Axmad — Jimjitlik.
- Qir ustida soʻfitoʻrgʻay nozik chuldiradi. — M. Mansurov — Yombi.
- ..roʻparadagi qalin bogʻlar qoʻynida bijildoq qushlarning chuldirab sayragani eshitiladi. — "Yoshlik".
- Jamalaksoch qizaloq botinkasi bilan eshik-ni tepib ochib, chuldirab, Joʻrabek aka ka-ravoti yoniga keldi. — Mirmuhsin — Qulamas qoya.
- Ichkilik-ka Ivanning endi ishtahasi ochilgan payt-da Mutavalli mast boʻlib chuldirab qoldi. — M. Osim — Elchilar.
- Azimboyvachcha ikki piyo-ladayoq chuldirab qoldi. — S. Ahmad — Hukm.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0