Izohli lug‘at
dahshat
даҳшат
Ma’nolari
- [a. — hayronlik, hayratda qolish]
- Nihoyat darajadagi qoʻrqinch, xavf, vahima.
- Azob-iztirobga soluvchi mudhish ahvol, voqea-hodisa, manzara.
- Ortiq darajada qoʻrqqan, vahimaga yoki azob-iztirobga tushgan kishining koʻri-nishi, ruhiy holati.
- . Asil ma'nosi do'zaxning(Jahannam) eng tubi.
- Qalbingga quloq sol.
Misollar
- Gun dahshati. Urush dahshati. n
- Dahshatdan yuragim orqaga tortib ketdi. — N. Fozilov — Diydor.
- Yodgor dahshatdan qotib qolgan, hech nimaga tushunolmasdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Koʻzlari dahshat bilan chaqnadi. S. — Siyoyev — Yorugʻlik.
- -Dahshat! — dedi mehmon, — tuni bilan koʻzimni yummay chiq-dim. — "Mushtum".
- Andijonda boʻlgan voqealar dahshati Tohir qiyofasiga kirib, Boburga tobora yaqishashib kelmoqda edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Biz bu dahshatlarni bi-rovdan eshitgan emasmiz, oʻz koʻzimiz bilan koʻrganmiz — R. Fayziy — Taʼzim.
- Dahshat solmoq. Dahshatga kelmoq (tushmoq). m
- Muqaddam dahshat ichida eshikka yopishdi. Oʻ. Hoshimov,
- Nigoraning hamon qoʻrqinch, dahshat toʻla koʻzlarida minnat-dorchilik uchquni yiltiradi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Otabek masalaga tushungandek boʻldi va dahshat ichida Ali bilan yoʻlga tushdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0