Izohli lug‘at
dahyak
даҳяк
Ma’nolari
- \f. az — oʻn hissadan bir hissa] map. 1 Qoʻqon va Buxoro xonliklarida dehqonlardan yetishtirilgan hosilning oʻndan bir qismining soliq haqi tariqasida olinishi; ushr. U [buvim/ aytardi: -Vaqf dahyagini uylari kuygur amlokdor bilan ijarador ikki baravar qilib oldilar. S. Ayniy, Esdaliklar.
- Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasalarning max-sus imtihondan oʻtgan mullavachchalariga be-riladigan qismi.
- Oʻrta Osiyoda: oʻtmishda yer, ulov, urugʻ-lik, ovqat va b. hamma xarajatlarni yer egasi (xoʻjayinlar)dan olib, hosilning oʻndan toʻqqiz hissasini yer egasi, oʻndan bir hissasini oʻzi olish sharti bilan dehqon-chilik qilish tartibi.
Misollar
- Huv oq yerni qirq yil ekdim dahyakka. Anovi yerga qurib oldim chay-lamni. — Gʻ. Gʻulom. -Endi, — dedi Nazarboy, — berilgan arpaning dahyagi hisobidan mening qopimga bir gʻalvir sol. S. Ayniy, Qullar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0