Izohli lug‘at
dalda
далда
Ma’nolari
- Ruhni koʻtaruvchi, kuch-gʻayrat, mardlik, dadillik baxsh etuvchi maʼnaviy yordam, himoya, iliq soʻz va sh. k.
- Dalda bermoq; Ruhni koʻtaruvchi, kuch-gʻayrat, sabr-matonat, dadillik baxsh etuvchi ish, harakat qilmoq, iliq soʻz aytmoq.
- Oʻziga-oʻzi dalda bermoq;
Misollar
- Dalda boʻlmoq.
- Atrofdagi odamlarning daldasi umidning soʻnggi uchqunini soʻndirmaslikka yordam beradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Chaqqon aka dovdirab qolgan qiziga dalda berdi. — Gazetadan — Yomon niyat qilmang.
- Mansur akalarcha mehribonlik bilan Gavharning yelkasidan tutib, dalda berdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Pochchayev majlisni boshqarolmay, ishni buzib qoʻyganiga amin edi. Lekin Baratova koʻz qarashi bilan unga dalda berdi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
- Oʻzini oʻzi yupatmoq, oʻz-oʻziga tasalli bermoq; oʻzini tutib olmoq.
- Hiqillashni bas qil, deya oʻzimga dalda bera boshladim. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Kishi ham oʻz soʻzidan qaytadimi, deb oʻzimga-oʻzim dalda berdim. — Gazetadan.
- Goho oʻzimga-oʻzim dalda beraman. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0