Izohli lug‘at
dalil
далил
Ma’nolari
- dalolat, isbot, (fikr, mulohaza va shu kabilarni tasdiqlovchi, ular haqida dalolat beruvchi manba); fakt.
- huq. Jinoyatni tasdiqlovchi narsa, fakt yoki holat.
- Ashyoviy (yoki ashyoviy) dalil yoki moddiy dalil. Jinoyatni isbotlaydigan buyumlar.
- Toʻgʻri dalil Toʻgʻridan-toʻgʻri, bevosita isbotlaydigan dalil (maye., jinoyatchi barmogʻining biror narsada qolgan izi). Egri (yoki soxta) dalil Bavosita isbotlaydigan dalil.
Misollar
- Ishonchli dalil; Kuchli dalil. n -Gumoningiz boru, dalilingiz yoʻq! — Qunduzoy uning soʻzini boʻldi. Oydin, Hikoyalar.
- -Tuhmat, qani dalil? — birdan tutaqib baqirdi Uljayev. — "Mushtum".
- Maʼqul emas, deyish bilan ish bitmaydi, birorta dalil kerak. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Siz aytayotgan buyumlar qotillikka aloqador ekanligiga dalil boʻla olmadi. Buni hali isbotlash kerak. — "Yoshlik".
- Oʻz raisini qoʻlga tushirgan hujjatlaridan, dalillaridan, tergov natijalaridan xabardor qildi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Sud majlisi zalida Pauersni josuslikda fosh etuvchi ashyoviy dalillar qoʻyilgan. — Gazetadan.
- Prokuror aslo iloji yoʻqligini ashyoviy dalillar bilan isbotlab berdi. — S. Ahmad — Yulduz.
- ..Boʻlmagan soxta dalillar bilan gapiruvchi ifloslarning soʻziga kirib, buxilda qilish yaxshi emas. — Hamza — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
a. JJj — belgi, iz; isbot; sa-bab
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0