Izohli lug‘at
damlamoq
дамламоқ
Ma’nolari
- Biror narsaning ichiga havo, gaz yubormoq; havo, gaz bilan toʻldir-moq.
- Oshqozon yoki ichakda ovqat hazm boʻ-lish jarayonida yel, gaz toʻplanmoq.
- Hovuri chiqmaydigan qilib bekitib, past olovda oʻz bugʻida pishirmoq, yetiltir-moq.
- Boʻgʻmoq, toʻsmoq.
Misollar
- Mashina ballonini damlamoq. n
- ..u [Sultonqul] oriq qoʻylarni olib, uyida yashirincha oʻsha qoʻyning orqa oyogʻidan teshib, velosiped nasosi bilan damlab, tarang qilib, xotiniga yetaklatib borib, "boʻrdoqi “ deb sotar ekan. — S. Abdulla — ' Soyalar.
- Kom-baynga ilinmagan boshoqlarni mollar yeb, suv ichib, koʻpi damlab nobud boʻlib ketdi. — S. Nurov — Narvoy. Yoʻq, qornim unchalik dam-lamaydi. Ha, gohi-gohida. N. Aminov, Kal-tis harakat.
- Palov damlamoq. Choy damlamoq. m
- Pe-shindan kechga qolmang. Men oshni damlab, sizni kutib oʻtiraman. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Nusratbek choy damlab kelib, choy-nakni stolning bir chetiga qoʻydi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi. Kunning oʻrta-lariga borib, kampirning oʻzi yaxshilab osh dam-ladi. Mirmuhsin, Umid.
- Suv(ni) damlamoq. n
- Gʻoʻzaning egatidan suvni tortib, “paxtani damlab qoʻyishgan ” shu.. kunlarda Bek akaning ayoli uyida betob yotgan Xosiyat xolaning oldida boʻldi. — S. Nurov — Narvoy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0