Izohli lug‘at
darajali
даражали
Ma’nolari
- . Maʼlum miqdordagi gradusga ega boʻlgan; gradusli.
- . Biror darajaga ega boʻlgan, erishgan, biror daraja olgan.
- . Xavflilik darajasi jihatidan maʼlum oʻrin olgan.
- . Maʼlum ahamiyatga ega boʻlgan (aniqlab keluvchi soʻzlar bilan).
- Ikkinchi darajali boʻlaklar tlsh. Gapning bosh boʻlaklaridan boshqa boʻlaklari.
Misollar
- Qirq darajali issiq. Sahro yonmoqda, 42 darajali issiq. Barcha narsa tinchib qolgan. — Gazetadan.
- Birinchi darajali shofyor; Darajali olim; Ikkinchi darajali "Sotom avlod uchun" ordeni.
- Qishloq xoʻjalik koʻrgazmasidan “Oltin medal ” hamda birinchi darajali diplom bilan keldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Birinchi darajali kuyish.
- Ikkinchi darajali ishlar. Tolaning sifatini yaxshilashni oʻz oldimizga birinchi darajali vazifa qilib qoʻyganmiz. — Gazetadan.
- Kichkinagina, koʻrimsiz doʻkon ochib, boshqa, past darajali patent oldi. — A. Qahhor — Sarob.
- Birinchi darvozaning ikki biqinida turuvchi qorovul yigitlar Oʻrdaning ulugʻ darajali beklarini taʼzim qilib kuzatar edilar. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0