Izohli lug‘at
daraxt
дарахт
Ma’nolari
- Tana qoʻyib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib oʻsadigan koʻp yillik oʻsimlik.
Misollar
- Mevali daraxt.
- Mevasiz daraxt.
- Olma daraxti.
- Daraxt shoxlarida iliq tomchilardan seskanib uygʻongan goʻdak kurtaklar tabassum qiladi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Devorlar boʻylab har xil mevali daraxtlar: shaftoli, olma, nok, olucha, jiyda. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bodom daraxti yer tanlamaydi: toshloq, qumloq joylarda ham bemalol oʻsaveradi. — Gazetadan
Kelib chiqishi
Forschadan درخت - daraxt, nihol; buta
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0