Izohli lug‘at
darcha
дарча
Ma’nolari
- Ilgari
- vaqtlarda deraza vazifasini oʻtagan bir yoki qoʻsh tabaqali eshikcha.
- Eshik yoki devorga oʻrnatilgan kichkina eshikcha yoki deraza.
- Foydalanish, kirish imkoni; yoʻl.
- Biqinidan, peshonasidan (yoki qulogʻi-ning tagidan) darcha ochib qoʻymoq Qulogʻi-ning tagiga bir tushirmoq; kaltaklab yoki sovuq qurol bilan jarohatlamoq (doʻq, poʻpisa iborasi).
Misollar
- Ota darvozaga tamba tirab, qoʻshnining darchasidan oʻtib, koʻchaga chiqdi. — S. Nurov — Narvoy.
- Toʻtibu Zumradning qoʻlidan xatni tortib olib, darcha tomon yugurdi. — S. Zunnunova — Olov.
- Koʻpincha yopiq boʻladigan kassa darchasidan yoqimli zarhal nur tushib turadi. — P. Qodirov — Uch ildiz. Ochiq dar-chaning yupqa romiga ikki tirsagi bilan tayanib, tashqariga koʻz soldi. A. Muxtor, Asarlar.
- Darchalarga apias va shoyi pardalar tutilgan. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Dasturxon ustida qizidi suhbat. Ochdi goʻyo birdan fan darchasini. — M. Ikrom.
- Qaysi bir odamning baxtiga yorsan, Ochildimi senga tole darchasi? — A. Oripov — Yillar armoni.
- Ezgulik darchasin chertmadi bekor, Sokin kechib oʻtdi oʻtu suvidan. — Otayor — Oq fasl.
- Hotam shoʻro koʻrib qolsa, naq peshonangdan darcha ochadi. — M.M.Doʻst, Lo-lazor.
- Hozir peshonasidan darcha ochib qoʻyamiz, ana undan keyin hech nima esidan chiqmaydigan boʻladi. — A. Koʻchimov — Halqa.
Kelib chiqishi
|f. — eshikcha
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0