Izohli lug‘at
daromad
даромад
Ma’nolari
- \f. — kirim; foyda
- boshlanish, ibtido] 1 Savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan davlat yoki ayrim shaxslar hisobiga kelib tushadigan sof pul va boshqa xil tushumlar; kirim.
- Daromad soligʻi Hamma turdagi daro-maddan olinadigan davlat soligʻi. Daromad taqsimoti Xoʻjaliklarda yil boʻyi olingan daromadni mehnatga qarab taqsimlab chiqish.
- Muqaddima, kirish.
- Biror maqsadni anglatish uchun shu maqsad atrofida uzokdan boshlangan ran.
- Biror joyga kiriladigan yoʻl, eshik, yoʻlak.
Misollar
- Bir kunlik daromad. Davlat daromadi. Milliy daromad. Daromadga qarab burom ad. — Maqol.
- Unumsh mehnat — katta daromad. — Maqol. ■■
- Toʻgʻrilik, halollik tufayli topilgan daromad oilaga baxt keltiradi. — "Saodat".
- Oʻzbekiston sharoitida asalarichshshk yaxshi daromad beradigan soha hisoblanadi. — M. Toʻychiyev — Asalarichilik.
- Daromadga yarasha buromad deganlaridek, toʻy ham shunga qarab juda dabdabali oʻtdi. — "Mushtum".
- Ish sentyabrning oxirlarida boshlanib, daromad taqsimotiga yaqin tugadi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Daromad taqsimotidan keyin kelin bilan kuyovning ishi juda koʻpayib ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Gapning daromadi. tt Gapning daromadi tugab, endi buromadga koʻchdi, shekilli, — oʻyladi chol. — "Mushtum".
- Shu orada ertakning daromadi tugab, Qosimaxon suv parisi haqida gapira boshladi. — M.M. Doʻst, Galatepa qissasi.
- -Shunaqa qilib, Narzini ham yubormoq-chimisiz? — dedi kampir, darrov gapning daromadini payqab. — H. Nazir — Mayoq sari.
- ..domlaning soʻz daromadiga qaraganda, sizni oʻziga kuyov qilish fikri borga oʻxshaydi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Onaxon Haq-nazarova daromad qilib oʻtirmasdan, shartta shu yangi gigant obʼyektni olishni taklif qildi. — Gazetadan.
- Uylarning daromadi va derazalari koʻchadan koʻrinadi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Agar hujra daromadiga eshik quriladigan boʻlsa, qorongʻi bir qabr, yana ham toʻgʻrisi, daxma holiga kiradi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0