Izohli lug‘at
darvesh
дарвеш
Ma’nolari
- . Tarki dunyo qilgan, goʻshanishinlikka berilgan odam; sufiy.
- . Hech narsasi yoʻq, qashshoq, gado.
- . Hech narsa bilan ishi yoʻq, oʻtaketgan sodda va sipo odam.
Misollar
- Damashq shahrida bir karvonsaroyning darvozaxonasida sochlari oqargan baland boʻyli bir darvesh oʻtirar edi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
- Balki biror bobom shahanshoh oʻtgan, Balki vujudimda darvesh qoni bor. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Huv tortadi xonaqohning darveshi. — "Hasanxon".
- Zero, xalq shunday bir daryoyi azimki, u toshsa, uning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur. — Oybek — Navoiy.
- Koʻz ochib yumguncha, darveshning oldida anchagina tanga yigʻildi. — "Yoshlik".
- Shoir qiziq xalqda, haqiqiy darvesh boʻladi. — Shukrullo — Saylanma.
Kelib chiqishi
fors. – qashshoq, gado
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0