Izohli lug‘at
darvoza
дарвоза
Ma’nolari
- Shahar, qoʻrgʻon, qalʼa, hovli va shu kabilarga kiriladigan ikki tabaqali katta eshik, qopqa.
- Kanallarda suvni toʻsish yoki qoʻyib yuborish uchun ishlangan maxsus qurilma; qopqa.
- Futbol, xokkey oʻyinlarda maydonning raqib yoʻllagan toʻpni (shaybani) kiritmaslik uchun himoya qilinadigan chekli qismi.
- Imkoniyat.
- Sezgi, seza olish imkoni.
- Boshlanish, erishish, yetishish yoʻli.
Misollar
- Taxta darvoza. Temir darvoza. a
- Darvozaning bir tabaqasi ochiq edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tongda, qalʼa darvozalari ochilgan hamon Avaz yoʻlga tushdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Kun choshgohga yaqin Otabek saroy darvozasidan chiqdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlarShahar darvozasi - 1) atrofi mustahkam qilib oʻralgan shahar qopqasi.
- U Xivaga borib yetguncha, shahar darvozasi ham berkilib qolgan. — Oydin — Gulsanam
- Qipchoqlar bizning tomondan otilgan miltiq oʻqlariga chidolmay, Samarqand darvozasini tashlab, Kamolon darvozasiga yuzlandilar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 2) shaharning ana shunday qopqasiga yopishgan, yondosh maqalla yoki mahallalar.
- Qani, kanal darvozasini ochib yubor.
- Paxtakorchilar raqib darvozasiga uchta toʻp kiritdilar. — Gazetadan.
- “Dinamo” xokkeychilari raqib darvozasiga beshta shayba urib, gʻalabaga erishdilar. — Gazetadan
- Bir darvoza bekilsa, Ming darvoza ochiladi. — "Xalq durdonalari"
- Hislar uchun yaralmish yetti darvoza. — U. Ismoilov — Saylanma
- Goʻzallik darvozasining yoʻli - latofatda. — Gazetadan
- Bobomning bu soʻzlari menga ajoyibotlar olamining darvozasini koʻrsatib, kalitini yashirib koʻygandek tuyuldi. — S. Karomatov — Bir tomchi qonBaxt darvozasi - baxt yoʻli, baxtga erishish imkoniyati.
- U seni sevmaydi. Baxtine ochilishiga ovora boʻlma, bu uyda senga baxt darvozasi berk. — I. Rahim — IxlosBilim darvozasi Bilim olish yoʻli, bilim oʻchogʻi.
- Maktab - bilim darvozasi, yaʼni faqat bilim olish yoʻlini koʻrsatib beradi, xolos. — Parda Tursun — OʻqituvchiDarvozasi keng (yoki ochiq) odam - mehmondoʻst odam.
- Ey Habibiy, yoru doʻstlarga ochiq darvozamiz. Xalqparvar, bagʻri keng, himmatda beandozamiz. — Habibiy
- Himmatli boʻl, ochik boʻlsin darvozang, Ilmingni soch, chiqsin baland ovozang. — Habibiy
Kelib chiqishi
\f. ajljjj — ikki tabaqali katta eshik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0