Izohli lug‘at
daryo
дарё
Ma’nolari
- Manbaidan quyilish joyi tomon tabiiy oʻzandan doimiy ravishda oqib turadigan katta suv.
- Koʻp miqdordagi narsalar haqida.
- Bitmas-tuganmas; boy; keng.
- dengiz. Shoʻr daryo yoki Daryoyi shoʻr - Kaspiy dengizi.
- Boylik, xazina.
- Oʻtib ketuvchi, oʻtkinchi.
- Oqim, kechmish; tarz.
Misollar
- Zarafshon daryosi.
- Azim daryo.
- Daryo suvi.
- Daryo boʻyi.
- Oʻtirgan - boʻyra, yurgan - daryo. — Maqol
- Tomchi toshib boʻlguncha, daryo oqib boʻlar. — Maqol
- Pastlikda Chorvoqdan favvora boʻlib otilib chiqayotgan suv daryo hosil etib, olgʻa boryapti. — Gazetadan
- Kechasi daryo shunaqa chiroyli boʻladiki, Kanizakxon! — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Xayol daryosi.
- Botir yorim, bilaman, siz qaygʻu daryosiga mendan chuqurroq botdingiz. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Odamlar daryosi.. yangi shahar tomonga oqardi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Quyosh botgan. Lekin uning olov daryosi turli ranglar bilan tovlanib, cheksiz bir parda kabi ufqlarda mavjlanadi. — Oybek — Tanlangan asarlarDaryo boʻlmoq - 1) oz-ozdan qoʻshilib, koʻpayib, daryoga aylanmoq.
- Oz-ozdan oʻrganib, dono boʻlur, qatradan koʻpayib, daryo boʻlur. — Maqol
- Birlashgan daryo boʻlur, Tarqalgan irmoq boʻlur. — Maqol 2) joʻshmoq; toʻlib-toshmoq.
- Koʻz yoshi daryo boʻlib oqdi.
- Yuragim daryo boʻlib Toshdi sevinch qirgʻogʻidan. — Yo. MirzoDaryodan bir tomchi - qolgan qismiga nisbatan juda oz.
- Daryodan bir tomchi, Toʻngʻizdan bir tuk. — Maqol
- Bu aytganlarim daryosidan bir tomchigina! — Hakim Nazir — Soʻnmas chaqmoqlarYuragi daryo - yuragi keng keng.
- Hammaning yuragi senikiga oʻxshagan daryomi? — Oydin — Farhodlar
- Buncha yuragingiz daryo boʻlmasa, javrayverib jagʻim toldi, yo ha, yo yoʻq, demaysiz. — "Mushtum"
- Taqsirimning ilmlari juda daryo, oʻzlari Buxoroda xatmi kitob qilganlar! — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Xudoyimning bir daryosi gʻazab boʻlsa, ming daryosi rahmat. — Hamza — Tanlangan asarlar
- Bu argʻumogʻingiz bilan Daryoyi shoʻrgacha yetasiz. — Oybek — Navoiy
- Sanʼatkor xalq tshsh daryosidan oʻrinli foydalana olsa, bir qatrasi bilan serzavq, ancha baquvvat gullar koʻkartira oladi. — "OʻTA"
- Hayhot! Yoshlik, bolalik bir daryo - oqdi-ketdi. Ming afsus. — Komil Yashin — Hamza
- Oqibatda turmush daryosi istagan tomonga oqizdi. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchli
- Hamma narsa oʻz yoʻlidan borar, hayot daryosi uni oʻzining oʻynoqi toʻlqinlariga mindirib, hamon olgʻa surardi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
Kelib chiqishi
((OʻTEL|III|DARYO Bu ot da daryo tarzida (120), da daryo tarzida yozilgan (1,210); 'katga oqar suv' maʼnosini anglatadi. Fors, tojik tillarida bu ot 'dengiz' maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi SHRS 216-, 120). Forschadan دریا — katta suv, dengiz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0