Izohli lug‘at
dastlabki
дастлабки
Ma’nolari
- Eng avval yuz bergan, eng avvalgi, boshlangʻich, birinchi.
- Birinchi galdagi, birinchi navbatdagi.
- Birlamchi; xomaki.
Misollar
- Daspiabki kezlar. Dastlabki kunlar.
- Yozning dastlabki kunlarida ufqlarga choʻzilgan kengliklar yashil tusga kirgandi. — Gazetadan. —
- Bogʻ koʻzga koʻrinib qolgan, dastlabki koʻchatlar hosilga kirgan edi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Bu — Umidning hayotidagi dastlabki gʻalaba edi. — Mirmuhsin — Umid.
- Dastlabki vazifalar.
- Binokorlar qisqa fursatdayoq dastlabki turkum ishlarni uddalashib ulgurishdi. — Gazetadan.
- Dastlabki tekshirish. Dastlabki ishlash.
- Bu daspiabki ov-mashq edi, albatta. — "Yoshlik". —
- Daspiabki maʼlumotlarga qaraganda, 35 kishi tirik qolgan. — Gazetadan. —
- Texnikumda tolali ekinlar mahsulotini dastlabki ishlash uchun texnologlar tayyorlanadi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0