Izohli lug‘at
dasturilamal
дастуриламал
Ma’nolari
- [arab. yoʻl-yoʻriq, yoʻriqnoma, koʻrsatma]
- Yoʻl-yoʻriq, ishonchli yoʻllanma.
- Nizomnoma, ustav.
Misollar
- Bizning shoirlarimiz ham qayerda nimadan iftixor qilsalar, avvalo xuddi mana shu narsani tilga olganlar va shu narsani dasturilamal qilib kelganlar. — S.Zunnunova — Olov.
- Axir, bu mushohadalar biz uchun dasturilamal endi. — Sh.Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- Siz elchilar uchun mukammal bir dasturilamal yozing. — M.Osim — Karvon yoʻllarida.
- U sakkiz yoshida soldat boʻldi, uning qoʻliga dasturilamal berishdi. — A. Qahhor — Asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0