Izohli lug‘at
davangirday
давангирдай
Ma’nolari
- , -dek 1 ijob. Gavdali, zabardast.
- salb. Qomati beoʻxshov, qoʻpol; besoʻ-naqay, suyagi buzuq.
Misollar
- Oʻn olti yoshga toʻlganda, Rah-matullo davangirday yigitga aylandi. — "Sharq yulduzi".
- Eshik ochilib, chorpahildan kelgan, davangirday bir yigit kirdi. — "Fan va turmush".
- Davangirday yigit. n
- Keksagina bir odam yelkasiga davangirday bir yigitni mindiribdi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- -Xanjarim qonga tashna, — dedi belbogʻiga oybolta qistirgan davangirday bir odam hozir boʻlib. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Ashurboy aka haddan tashqari daroz, sergoʻsht, suyaklari buzuq, davangirday odam edi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0