Izohli lug‘at
davolamoq
даволамоқ
Ma’nolari
- Kasalni muolaja qi-lib, boqib tuzatmoq, dori-darmon qilib sogʻaytirmoq.
- Biror kasallikni, ogʻriqni dori-darmon qilib toʻxtatmoq, yoʻqotmoq.
- Maʼnaviy-axloqiy nuqsonni tuzatmoq, toʻgʻrilamoq. -
- DAVOLANMOQ Davolamoq fl. majh. va oʻzl. n.
Misollar
- Quloqni davolamoq. Tishni davolamoq. n
- Gapirmas edim. U professor dardimni ipidan ignasigacha eshitsa, oson davolaydi, deb oʻshshdim. — N. Aminov — Qaltis xato.
- Umid tabibdir: odamni davolab, unga qanot beradi. — "Yoshlik".
- Rakni davolamoq. Bezgakni davolamoq. m
- Xalq juda koʻp shiisshrni paxtadogʻ bilan davolaydi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bu kasalni tuzatish mumkin, — dedi rais, — ammo boʻlarmikan davolab ayyorligingizni ham. — "Mushtum".
- Hamkasblarimizni toʻgʻrilik va halollik dorisi bilan davolaymiz. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Bu dardni [el dardini] adl suvi bilan yuvmoq, davolamoq lozimdir. — Oybek — Navoiy.
- Kasalxonada davolanmoq. Kurortda davolanmoq. n
- Shamsi Toʻrayevich qon bosimi oshib, shifoxonada davolanib yotibdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Kasalxonamizda davolana-yotgan bemorlar nomidan ushbu sovgʻani qabul qshshng. — S. Ahmad — Saylanma.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0