Izohli lug‘at
devor
девор
Ma’nolari
- Bino-ning, uyning tomni koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik koʻtarilgan qismi.
- Biror yerni (bogʻ, \ovli, qoʻrgʻon va b.), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turadigan gʻov, toʻsiq.
- Biror narsaning atrofini oʻrab olgan yoki uni boʻlimlarga ajratgan qismi.
- Devor boʻlib qolmoq Qoʻrqinch yoki hay-ratdan rangi oqarib, serrayib turmoq.
- Gap eshitmaydigan, gap taʼsir qilmaydigan; bezbet.
Misollar
- Uy devori. Hujra devori. Yomonga surkansang, dogʻi yuqar, Devorga suyansang — tuprogʻi. — Maqol.
- Devorning sichqoni bor, Sichqonning qulogʻi bor. — Maqol. n
- Xonaning shifti va devorlari koʻhsiz, lekin yaltiroq boʻyoqlar bilan boʻyalgan. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Chiy devor. Paxsa devor. Taxta devor. m
- Eʼzozxon oʻzini devordan otib, xolasinikiga qochib qutuldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Bogʻchalarni bir-biridan ayirgan devorlar koʻrinmas, ishkomlar, mevazorlar, ekin dalalari tutash yashil manzara yasaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Devorlar tagida adashib bosh koʻtargan munis maysa/shr ertaga qor ostida qolishidan bexabar yashnab turardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Oshqo-zon devori. Silindr devori. p
- Hatto qorin devorining chap tomoniga barmoq bilan bosil-sa, ogʻriq oʻng tomonda seziladi. — H.A.Haki-mov, Oʻtkir appenditsit.
- U [qiz] yigitga tikilib turdi-da, “hali shunaqami?” deb yuziga bir shapaloq tushirdi. Yigit yuzini ushlagancha devor boʻlib qoldi. — U. Nazarov — Birinchi uchrashuv. Devorga ga-piryapmanmi? Gap uqmas yoki birovning gapiga quloq solmaydigan, loqaydlik bilan qaraydigan kishilarga qarata aytiladi. Devorga tanbur chertganday Birovning gapi, nasihati eʼtiborsiz qolganda ishlatila-digan ibora.
- -Ming marta aytganman bu megajinga, bir nimani tayinlik qilib qoʻygin deb. Qayoqda, devorga tanbur chert-ganday. A. — Muhiddin — Aybsiz aybdor. Devori qiyomat Hech narsa eshitmaydigan, qulogʻi tamoman bitgan; garant, kar. Devorning qulogʻi bor Hushyor boʻlib gapirmoqqa undash.
- Bas k,il deyman, koʻp gapirma behuda, Devorning ham qulogʻi bor, goʻrsoʻxta! — H. Olimjon. Rangi devor boʻlmoq Rangi oqarmoq yoki kulrang tusga kirmoq (charchoq, qoʻrquv yoki gʻazabdan).
- U rangi devor boʻlib, koʻllarini oʻrikka tirab, qaddini rostladi, goʻyo ikki opa-singilga korashga uyalganday. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa. Toʻrt devor ichida yashamoq Tashqi olamdan, jamoatchilikdan ajralgan yoki majburan ajratilgan holda ichkarida qullarcha hayot kechirmoq.
- Toʻrt devor ichida yashab ado boʻlayotgan Shahzodaxon bir kuni.. yuzini parang durra bilan yarim toʻsib, eshik tirqishidan tashqariga moʻra-ladi. — K. Yashin — Hamza.
- Arzga qulogingiz kar, tebranmas bir devorsiz. — "Guldasta".
Kelib chiqishi
\f. jljaa — fob, toʻsiq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0