Izohli lug‘at
dikkaymoq
диккаймоқ
Ma’nolari
- Tikka koʻtarilib tur-moq, tikkaymoq.
- Qulogʻi dikkaymoq 1) qulogʻi tik koʻta-rilmoq, chimirilmoq.
Misollar
- Hozir u doim dikkayib turgan sochlarini hoʻllab taragan, qora kostyum-shim kiygan edi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Toʻlamat moʻshyuvning oʻsiq qoshlari dikkaydi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Koʻchadagi sharpani eshitgan jiyron qashqaning quloqlari dikkaydi. — S. Nurov — Narvoy.
- Eshak boʻrini koʻrgan zahoti, quloqlari dikkayib qotib qolgan, dami ichiga tushib.. yurishga majoli qolmagan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar; 2) diqqati tortilmoq; quloqsolmoq.
- Shuvaqt ichkaridan xotinlarning favqulodda qiy-chuv tovushlari eshitilib, ikkisining [Hoji va Hasanalining] ham quloqlari dikkaydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0