Izohli lug‘at
dinamika
динамика
Ma’nolari
- Mexanikaning jismlar mexanik harakatini ularga taʼsir qiladigan kuchlar bilan bogʻlab oʻrganadigan boʻlimi.
- Harakat xolati; oʻsish, rivojlanish; voqea, xodisadagi joʻshqinlik.
- mus. Muayyan asarning nota yozuvida va bevosita uni ijro etishda tovushlar sado-lanishi kuchining (baland-pastligining) oʻzgaruvchanligi.
- Shu oʻzgaruvchanlikni ifodalovchi bel-gilar majmui.
Misollar
- Mehnat unumdorligi dinamikasi. v
- Abdullaning oʻz yoʻli, oʻz ohangi, oʻzi yaratgan sheriy dinamikasi bor. — M. Qoʻshjonov — Ijod sabokdari.
Kelib chiqishi
yun. dynamikos — kuchga oid; kuchli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0