Izohli lug‘at
diydiyo
дийдиё
Ma’nolari
- Xotinlar oʻrtasida oʻqi-ladigan, aytiladigan “diydiyo” radifli sheʼr yoki shoʻx lapar turi.
- Dard-hasrat; xarxasha, injiq-lik.
- Quruq ran, safsata; vaʼz-nasihat.
Misollar
- -Oradan yarim soat oʻtar-oʻtmas diydiyo oʻqib, xotinlarni yigʻ-latib oʻtirgan darvishning qoʻlini orqasiga bogʻlab, iyagiga yelim bilan yopishtirib olgan uzun soqolini yulib tashladik, — dedi Hoshimjon. — X. Toʻxtaboyev — Sariqdevni minib.
- -E, Saltanat otin, koʻchada ham diydiyo oʻqib qolibsiz? — dedi Bashorat. — B. Rahmonov — Yurak sirlari.
- Binafshaxon hamon diydiyo qilmoqda edi. — M.M.Doʻst, Galatepa qissasi.
- Diydiyosi jonimga tegdi. Baʼzida kutayotganim Yosuman aslida shu emasmi, deb oʻylab qoʻyaman. — B. Rahmonov — Yurak sirlari.
- Otamurod chuqur tin oldi: xudo berdi unga. Boshlanadi endi. Rosa diydiyosini aytadigan boʻldi. — M. Mansurov — Yombi.
- Sherbek onasi oʻzini kutayotganini paykab kulimsiradi: yana oʻsha eski diydiyo — kochon uylanasanni bosh-lasa kerak, deb koʻnglidan oʻtkazdi. S. Anor-boyev, Oqsoy.
- Rahmat, Esonboy, diydiyoeshitishga toqatim yoʻq. — Sh. Xolmirzayev. Bodom qishda gulladi.
- Har xil mish-mish, diydiyolarga kulok solgan ham ahmoq, bunaka mayda gaplarni uyga tashib kelgan ham ahmoq. — S. Nurov — Narvon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0