Izohli lug‘at
dom
дом
Ma’nolari
- kt. 1 Hayvon va parrandalarni tirik tutish uchun moʻljallangan ov quroli; tuzoq, sirt-moq; qopqon.
- Asirlik, tutqunlik.
- Birovni ilintirish yoki oʻzi-ning yoʻliga yurgizish uchun qilingan hiyla, nayrang; shu maqsadda qoʻyilgan tuzoq, qop-qon.
Misollar
- Bandga tushgan bu koʻngildir, menda, ayting, ne gunoh, Dil qushiga dom qoʻygan ul ikki joduda ayb. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Zumrad makkorning domiga tushgan edi, chor-nochor boʻyin egdi. — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Qafasdan boʻshadi erk istagan qush, ohu xalos boʻldi yirtqich domidan. — Uygʻun — Tong qoʻshigʻi.
- Men u sahro goʻza/shning boʻynidagi zulm domini uzib olib tashlamoqqa qodir edim. — Oybek — Navoiy.
- Ioʻq, esi-hushi sizda, muhabbatingizning domiga tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ahmoq boʻlmasam, shularning hiylasiga laqqa tusharmidim, Akramning domiga ili-narmidim. — O.Yoqubov — Aytsam tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
- Erkin-erkin oʻynabyurgan boshqa ohu.shr bu zolim sayyodning domiga tushmasin, deydi. — K. Yashin — Hamza.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0