Izohli lug‘at
doston
достон
Ma’nolari
- [f. — qissa, hikoya
- tarix] 1 ad. Nazm bilan yozilgan ulkan hikoya, qissa; poema.
- ad. Xalq qahramonlari haqida nazm va nasrda aytilgan epik asar.
- Kechmish voqealar; sarguzasht; dardu hasrat.
- Ogʻizdan ogʻizga oʻtib yurgan maʼlum, mashhur sarguzasht hikoyalar, gap-soʻzlar, taʼrif-tavsiflar.
- Doston boʻlmoq El orasida gapirilmoq, kuylanmoq; ogʻizga tushmoq.
- Ovoz, xonish; sayrash.
- Doston (erkaklar ismi).
Misollar
- Navoiyning “Layli va Majnun ” dostoni. yash Doston ustida jiddiy ishlay boshladim. — Shukrullo — Say-lanma.
- Maktab darsliklarida uning “Koʻkan batrak ” dostonini alohida dars qilib oʻqitishgan edi. S. — Ahmad — Ufq.
- Bir oʻlkaki, dunyoda biroq Bitshxmagan dostondir bori. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Oʻzbek xalq dostonlari. Fozil Yoʻldoshning “Atomish ”
- dostoni.
- Qoʻ>sh surnaylar uzoqlarning dostonini mungli-mungli chalib oʻtdilar. — Gʻ. Gʻulom — Soyalar.
- E, aka.. qoʻying, dostonimni ochmang.. — Hamza.
- Bugun zang kemirgan tigʻlar shuʼlasi, Asrlar dostoni bordir ularda. — A. Sher — Qadimgi kuy.
- El gʻamini bilgan elda doston. — Maqol. n
- Kelinning suluvligi Margʻilonda maʼlum ekanmi? -Malum ekan, tillarda doston ekan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Toshkent tinchlik, doʻstlik, ham-korlik shahri sifatida tillarda doston. — "Saodat".
- Foziljon toʻyining taʼrifi baʼzi bir xil xotinlarga necha kungacha doston boʻldi. — S. Zunnunova — Koʻk chiroqlar.
- Bashirjonning navbatdagi antiqa ishlari xalq ichida doston boʻlgan edi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Shaharga doston boʻlgan toʻyham tugadi. — S. Ahmad — Saylanma. Doston qilmoq Biror voqea-hodisani, gap-soʻzni ovoza qilmoq, el orasiga yoymoq.
- Chaka-lakning allaqaysi burchagidan bulbulning dostoni — nagʻmayi hazori eshitildi. A. — Qodiriy — Gʻirvonlik Mallavoy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0