Izohli lug‘at
dovdiramoq
довдирамоқ
Ma’nolari
- Biror narsa, vaziyat taʼsirida toʻgʻri harakat qila olmaslik, oʻzini sal yoʻqotgan holda alpon-talpon harakat qilmoq; gangimoq.
- Toʻgʻri soʻzlash qobiliyatini yoʻqotmoq, telba-teskari, chalkash-chulkash gaplar ga-pirmoq, valdiramoq.
- Oʻzini yoʻqotmoq, shoshib qolmoq, sarosimaga tushib, gangib, qoʻrqib qolmoq.
Misollar
- Oʻrtancha kelin oiladagi yangi odatga koʻnikolmay, kechasi dovdirab, hovliga chiqadi. — S. Ahmad — Saylanma.
- Yodgor shamoldan gandiraklaganday dovdirab borarkan, kuzda boʻlgan.. majlisni esladi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Dovdiraganimdan stul qolib, naq yerga oʻtirvolayozibman. — "Yoshlik".
- Voy dovdir, nima deb dovdirayapsan oʻzing? — P. Tursun. Oʻqituvchi.
- Matpano, tushida Xizirga yoʻliqqan kimsadek dovdirab, tili kalimaga kelmay qoldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Imom eshikni ocharkan, erkakcha kiyinib kelgan ayolni koʻrib dovdirab qoldi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Murod bu gaplardan dovdirab qoldi. Nima deyishini bilmas edi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Nogahoniy zarb yegan kishidek dovdirab qolishdi. — X. Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0