Izohli lug‘at
dovlamoq
довламоқ
Ma’nolari
- Haq-huquq talab qil-moq, talashib olmoq; dov, daʼvo qilmoq.
Misollar
- Kuchli bilan kurashma, molli bilan dovlashma. — Maqol. ■■
- Nazarov huzur qilib kerishdi: “Esing boʻlsa, kelib men bilan dovlashasanmi, miyasi suyulgan chol!”A. — Koʻchimov — Halqa.
- Otang yetolmadi bu kunlarga. Toleingni dovlab berib, oʻlib ketdi. A. — Muxtor — Davr mening taqdirimda.
- Yoʻq, endi men hayotdan oʻz te-gishimni, oʻz charogʻon kunlarimni dovlab olaman. A. — Muxtor — Asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0