Izohli lug‘at
dovon
довон
Ma’nolari
- Togʻ yoki tepalikning baland, ammo oshib oʻtsa boʻladigan qulay joyi; oshuv.
- Keyingi ish va yutukdarga yoʻl ochib beradigan ulkan ish; erishilgan yoki erishilajak qiyin marra.
- Xayoliy, ruhiy marra, maqsad, intilish.
Misollar
- Qashqar dovoni. Arpasiz ot dovon osholmas. — Maqol.
- Donoga ergashgan dovondan oshar. — Maqol.
- shsh Bu vaqt ular Qoraqargʻa degan dovondan oshib, koʻz ilgʻamas, keng, tekis yaylovga chiqdilar. A. — Muxtor — Asarlar.
- Dovonning beliga chiqquncha Muxammad Sharif ham, eshak ham holdan toydi. — Q. Mirzo — Olam goʻzal.
- Oila qurish na-qadar yuksak dovon ekanini Mahkam endi birinchi marta., his qilmoqda edi. — P. Qo-dirov — Uch ildiz.
- Mavsumning dastlabki dovoni ortda qoldi. — Gazetadan.
- Ey koʻnglim, olamdan suyunchi soʻra, Dovonlar, togʻlardan yelday uchib oʻt. — Mir-temir — Asarlar.
- Toʻlqinday asov boʻl, sergak qalamim. Davru dovonlardan barkamol oʻzgil. — G. Joʻrayeva — Iqbol.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0