Izohli lug‘at
dumbul
думбул
Ma’nolari
- \f. — toʻliq pishmagan
- don, dukkak] 1 Donli ekinlar, mevalar-ning taʼm kirib qolgan, lekin hali yetilib pishmagan holati.
- Hali qotmagan, sutmi-qatiq boʻlib qolgan (don haqida).
- Aqlsizroq, tentaknamo, devo-nasifat.
- Hayot tajribasi boʻlmagan; xom, gʻoʻr.
- Mazmunan pishiq-puxta emas; xom; qiyomiga yetmagan.
Misollar
- Hali dumbul shaftoli-larning shoxlari yerda. — Oybek — O.v.shabadalar.
- Chol kuroq dasturxon yozib, sopol taqsimchada dumbul oʻrikdan koʻydi. — T. Malik — Qadr.
- Dumbul joʻxori. sht Bir tanobcha yerga joʻxori ekilsa, dumbul boʻlmas-dan tamom boʻlar edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Nusratbek yoʻl chetidagi mayda bargli gul-larning yaprogʻini titkilab oʻtayotganda, kungabokar dumbulining hidi ankidi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Boshoklar chaykalar, dumbulroq lekin, Dumbul boshoq-larda hali sut donlar.. — Mirtemir — Asarlar.
- Dumbul odam, n
- Xoʻp, bu odamning bugun koʻli uzun. Ertaga surobi toʻgʻri boʻlgach, bu dumbul erkatoy nima kiladi? — "Yoshlik".
- Yaramas, bizni hakorat qildi! "Dumbulsan!" dedi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- -Oʻqishga hafsala qolmadimi ? -Hafsala-ku bor-a, — dedi Xoldor nimalarnidir eslab, — ammo oʻylab karasam, dumbul ekanman, pish-gunimcha shoshirmang. — I. Rahim — Zangori kema kapitani.
- Bu zamonning dumbul kizlari na-ridan-beri bir ish qilib koʻyishadi-da, keyin ohurib, chapak chalib kolishadi. — Mirmuhsin — Umid.
- Afsuski, ayrim nashriyot va redaksiya-larda gʻoyat masʼuliyatli ishlar chalamulla, dumbul muharrirlar koʻliga topshirib koʻyil-gan. — "Yoshlik".
- Dumbul asardan fazi-lat kidiradigan estetik noʻnoq tanqidchilar faoliyatiga chek koʻyish lozim. — Gazetadan.
- Shoirning “Sevgi sirlari ” toʻplamida qiyo-miga yetmagan, dumbul sheʼrlar uchrab turadi.. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0