Izohli lug‘at
duo
дуо
Ma’nolari
- Xudoga yolvorib, unga iltijo qilib, oʻzi yoki boshqalar uchun yaxshi, ezgu tilak tilash.
- Duoyi bad yoki bad duo Kimsaga yomonlik tilab qilingan duo, qargʻish.
- Fotihada oʻqiladigan qurʼon surasi.
- Kishining sogʻligi, oʻlimi, baxtsiz-ligiga sababchi deb hisoblanuvchi turli yovuz kuchlar, ins-jinslarni qaytarish, kim-sani kimsaga isitish va sh. k. uchun azayim-xonlar, duoxonlar tomonidan oʻqiladigan yoki tumor va shu kabilarga yozib beriladigan matn, xat.
- Umuman kishilar bir-birlariga ti-laydigan yaxshiliklar; yaxshi niyatlar.
- Duo demoq (yoki aytmoq) Salom demoq, salom aytib qoʻymoq.
- —
Misollar
- Koʻpchilikning duosi koʻl boʻlur. — Maqol. ■■
- Duo qiling, boʻlsin mening farzandim. — "Erali va Sherali".
- -Xudoyo xudovando, qiz-larimni oʻz panohingda asragin! — deb duo qildi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Toʻrt mulla choʻkka tushib olib.. men bilmagan duolarni oʻqib.. dam solishyapti. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Buvim xavotirga tushib, duo oʻqidshshr. — "Saodat".
- Uch toifa kishilar bor-dirki, ularning qilgan duolarini Tangri ijobat qshshaydi. — "Hadis"dan.
- Devonai darvesh duoyi bad qshshb, yuziga fotiha tortibdi-yu, joʻnab qolibdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Bermasang, duoyi bad qilib, ishingni xur-junlashtiraman. — K. Yashin — Hamza.
- Nega koʻzingni loʻq qilib, serrayib turibsan? U shakkokni duoyi bad qil, duoyi bad! — K. Yashin — Hamza. Duoyi jon Kimsaga umr va yaxshilik tilab qilingan duo. Topganimni xaltaga [yondaftarga/
- jamlab, duoyi jonlarini qilib yuribman. — K. Qahharova — Chorak asr hamnafas.
- Meni bu yerdan chiqarib yuborsangiz, oʻla-oʻlguncha duoyi joningizni qilar edim. — K. Yashin — Hamza. Duoyi xayr Kimsaga yaxshilik tilab qilingan duo.
- Onaning yigitga duoyi xayri, Erini kuzatgan goʻzal labidan. — M. Shayxzoda — Chorak asr devoni.
- Duoyi fotihadan keyin hammalari oʻrinlaridan turib, yoʻl hozirligini koʻra boisshdshshr. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Domla Niyoz Anvar tarafidan duoga qoʻl ochdi. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Shundan soʻng ikkinchi xutba oʻqilib, duoyi fotiha qilindi. — "Mushtum".
- Oʻzbek oyimning miyasi aynadimi yoki.. sehrchi hinduning duosi asar qildimi, har nuchuk, uch yillik adovatlar va gina-kudu-ratlar barchasi ham allaqayoqqa qarab uchib ketdilar. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Siz tugʻmas ekansiz, baxtingiz bogʻlangan, farzandtalablar mening duoyim bilan toʻqqiz oy deganda farzand koʻradilar. — K. Yashin — Hamza.
- Oltin olma, duo ol, Duo oltin emasmi. — Maqol.
- Mehnat bilan yer koʻkarar, Duo bilan — el. — Maqol. m
- Enasidan duo oldi. — "Nurali".
- Elga xizmat qilib, bolam, duo ol. — "Malikai ayyor". U
- koʻp odam,shrning toʻyida xizmat qilgan, yurtning duosini olgan kishi. — S. Ahmad — Saylanma.
- -Xudoga shukur, tinchlik, azamatlar zoʻr berib ishlab yotibdi, duo deyishdi, — dedi Alim buva. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Normat akangga duo deb qoʻy, qizim. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Qudrat akam duo deb yubordshshr. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Duoda boʻlmoq Kimsaga doimo yaxshi tilaklar tilab oʻtirmoq.
- Shodu xurram boʻlib, oʻynab kul endi, Xafa boʻlmay, sen duoda boʻl endi. — "Malikai ayyor". Duoyi salom Salom va yaxshi tilaklar yozilgan xat, maktub.
- Oʻgʻlingiz sizga bir duoyi salom yuborgan edi. m -Bolasi tushkur, — dedi kulib Norbobo,
- duoyi salom yozishga noʻnoqroq ekan, necha bor yozib, necha bor oʻchirib tashladi! — Oydin — Hikoyalar.
- Mirzo arizalar vaoʻqishga ketgan farzandlarga duoyi salomlar yozish bilan kun oʻtkaza berdi. A. — Qahhor — Asarlar.
- Xolmat akalarga koʻpdan-koʻp duoyi salomimizni yetkazing. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
Kelib chiqishi
Arabchadan دعاء (birlik sonida) — iltijo, chaqirish, daʼvat. O‘rta Turk tilida "duo" so‘zi "o’qug‘" (o‘qimoq fe’lidan) bo‘lgan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0