Izohli lug‘at
efir
эфир
Ma’nolari
- esk. fiz. 19-asrdan to 20-asrning 20-30-yillarigacha oʻtgan fiziklarning tasavvuriga koʻra, yul-duzlararo, planetalararo olam fazosini va moddalardagi atomlararo, molekulalararo boʻsh joylarni toʻldirgan qandaydir muhit.
- Osmonning, jahonning radiotoʻlqin-lar tarqaladigan muhitining umumlashma nomi.
- kim. Qoʻshaloq uglevodorod guruhdan iborat xushbuy suyuq organik moddalarning umumiy nomi (tibbiyotda et oʻldiruvchi dori, texnikada erituvchi sifatida ishlatiladi).
Misollar
- Efirga chiqmoq. Efirda eshittirmoq. Efirdan kelgan xabar, v
- Sen ey, sarhad bilmas efir mavjlari, Dunyoga yoy: Bugun qutlugʻ ayyom, de. — Mirtemir.
- Sodda efirlar. Etil efir, v
- Kuchli taʼsir etadigan dorilarning koʻpi efir va alkogol bilan aralash holda tayyorlangan boʻladi. — N. Ismoilov — Kasallarni parvarish qilish.
Kelib chiqishi
yun. aither — havo, efir; havo-ning yuqori, nurli qatlami
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0