Izohli lug‘at
egmoq
эгмоқ
Ma’nolari
- Toʻgʻri, tik holatidan biror tomonga tortmoq; qayirmoq, bukmoq.
- Oʻz izmiga boʻysundirmoq, itoat et-tirmoq.
- Bosh egmoq 1) boshini quyi solmoq.
- ?L£5?x~-
Misollar
- Daraxt shoxini egmokNovdani ikki uchidan ushlab egmok- ■■
- Daryo tomondan gʻirillab esib turgan shabada yoʻl boʻyidagi oʻt-oʻlanlarni egar, tebratar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Etak tutib, tik koddimni egarmishman, Kunga kuyib, men ham paxta terarmishman. — "Mushtum".
- E nodon kiz, Toʻlkinjon shuncha qiz-larning ichida seni sevib kolgani uchun shod-lan! Mayli, bari bir egib olaman! — F. Mu-sajon — Huri.
- Nima qilsa, ishyoqmaslarni egib olish mumkin? — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Bo-zorkul bunday paytlarda bosh egib, xomush oʻtirardi. — A. Muxtor — Chinor; 2) oʻzini itoatli, taʼzimda tutmoq.
- Polvon yosh bola-ga oʻxshaydi, kekni bilmaydi, bosh egib vorsa, albatta, kechiradi. S. — Siyoyev — Otliq ayol.
- ..jindek toqat qiling, toqatliga togʻ bosh egarmish. — K. Yashin — Hamza; 3) boʻysunmoq, izmidan chiqmaslik.
- Jaholatga.. shafqat bilmas zolimlarga hech qachon bosh egmayman. — K. Yashin — Hamza. Boʻyin egmoq 1) yoʻliga yurmoq, aytganiga yurmoq; boʻysunmoq.
- Eski raislar boʻyin egarmikin bu yosh juvonga. Ishlasa ham bir yil ishlaydi. — I. Rahim — Ixlos; 2) ishga qayishmoq, koʻnmoq.
- Aroq-xoʻrlikka mukkasidan ketgan Abdujabbor ijtimoiy foydali mehnatga boʻyin egmay qoʻyibdi. — "Mushtum".
- Hozir shunchalik past ishga ham boʻyin egish zarurati bor edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0