Izohli lug‘at
egri
эгри
Ma’nolari
- Toʻgʻri chiziq boʻylab yoʻnalma-gan; qiyshiq, qingʻir.
- Haqiqatga zid; notoʻgʻri. -
- Xatti-harakat, gap-soʻz va sh.k. jihat-dan axloq-odob, qonun-qoida meʼyoriy ta-lablariga zid boʻlgan, shunday ish tutadi-gan; nomaqbul, nojoʻya, chakki.
Misollar
- Egri chiziq. Egri qi-lich. Egri koʻchadan yursang ham, toʻgʻri yur. — Maqol. n
- Azim tollarning egri shoxlarida-gi shokila-shokila popuklar yoʻlovchilarni salqinga chaqira boshladi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Qiyiq ish qirq yildan keyin ham maʼlum boʻladi, egrisini qoʻyib, toʻgʻrisini gapiravering, — dedi.. Doʻstmurodov. — "Mushtum".
- Endi toʻgʻri tan-qiddan egri xulosa chiqarish odatingizni tashlang. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Doʻstim, hayotga chuqurroq qarasangiz, toʻgʻri bilan egrini ayira bilasiz.. — Oybek — Nur qidirib.
- Birorta odam savdo sohasida ishlasa, darrov miyalariga egri fikr keladi. — F. Musajonov — Himmat.
- Egri odam soyasidan ham xavotirlanaverar ekan. — "Mushtum".
- Oʻzi toʻgʻri boʻlmagan odam bosh-qalarga ham egri koʻz bilan qaraydi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0