Izohli lug‘at
erkak
эркак
Ma’nolari
- ayn. er 1, 2.
- Erkaklar kostyumi, yat
- Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Er jinsidagi hayvon, jonivor.
- Erkak novda Mevali daraxt, oʻsimlikning yaxshi hosil bermaydigan, hosilga yaroqsiz novdasi.
Misollar
- Erkak jinsi.
- Doya kelgandan soʻng, ichkari hovli erkak zotidan tozalandi. A.
- Bilmadim, xotin tortingani uchun erkak tegishgisi kelmadimi, erkak tegishadigan boʻlgani uchun xotin tortinadimi? — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Erkak mushuk. Erkak qoʻy. Erkak gʻoz.
- Xotinim qiz tugʻdi, deb xafa boʻlma, sherning erkak va urgʻochisi baravar. — "Yoshlik".
- Ensasi qotib, uzun bir erkak novdani shartta qaychilab, shiddat bilan sugʻurib oldi. Shu behosil novda Sobir toʻnkaga oʻxshab ketdi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar. Erkak sabzi oʻzagi yogʻochday qotgan, ishlatishga deyarli yaroqsiz sabzi; erkaklagan sabzi.
- -Puli bor-ku yeydi, puli yoʻqchi, — baland ovoz bilan soʻradi, erkak sabziga oʻxshagan bir eski chopon. — K. Yashin — Hamza. Erkak supurgi ilv. Yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimlik va undan tayyorlanadigan dagʻal supurgi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0