Izohli lug‘at
esh
эш
Ma’nolari
- Oʻrtoq, hamdam, yoʻldosh, sherik.
- Juft.
- Bola tugʻilgandan keyin tushadigan qobiqning qoldigʻi; yoʻldosh.
- Esh (erkaklar ismi).
Misollar
- Koʻp oʻtmay, yangi shahardagi boshlangʻich maktabga muallim boʻlib kirdi, bilimli rus, qozoq yigitlaridan doʻst-esh orttirdi. — A. Muxtor — Chinor.
- Hasratiga quloq sol, hasratiga boʻlgil esh. — T. Toʻla.
- Koʻpincha bu hazil-huzullarda ular bir-biriga esh boʻlishardi. — N. Norqobilov — Bekatdagi oq uycha.
- Bir esh mahsi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0