Izohli lug‘at
esiz
эсиз
Ma’nolari
- Achinish, afsuslanishni bildiradi; attang, afsus.
- Afsus(ki).
- Uvol, xayf.
Misollar
- Shunday qilib, yozning butun koʻrkamligi ish bilan oʻtib ketdi. Esiz-esiz. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
- Siz uyda ekansiz, bilsam, daftarimni olib kelar ekanman.. esizgina.. — A. Qahhor — Adabiyot muallimi.
- Alisher! Chindanam shersiz. Buyuk sher. Faqat koʻpdir, esiz, koʻp dushmaningiz. — Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
- Esiz shuncha mehnat. Qoʻshni-ga bersam — esiz oshim, uyda tursa — sasir oshim. — Maqol. v
- E, xotinchalish boʻlmay oʻl, esizgina boʻy-bast! — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0