Izohli lug‘at
eskilik
эскилик
Ma’nolari
- Eski holat, eski ekanlik. Kiyim toza boʻlsa, eskiligi bilinmaydi. v Moylagani bilan, bari bir, eski eskiligini qilib, yirtigʻi bilinib turibdi. R. Fayziy, Hazrati inson.
- Oʻtmishga, eski zamonlarga mansub, urfdan chiqqan, hozirgi (yangi) sharoit talablariga javob bermaydigan, unga zid urf-odat, rasm-rusum, tartib va sh.k.
Misollar
- Es-kilik sarqiti. Eskilikdan yuz oʻgirmoq. v
- Har qanday yangilik eskilikning qarshiligiga uchraydi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Uyimizning orqasi qalin terak, yor-yor. Sovchi degan eskilik kimga kerak, yor-yor. — "Qoʻshiqlar".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0