Izohli lug‘at
falak
фалак
Ma’nolari
- Yerdan yuqoriga qaraganda gumbaz, qubba shaklida boʻlib koʻrinadigan fazo boʻshli-gʻi, osmon gumbazi; osmon, koʻk. Yana chaqmoq chaqdi, yana fa,shk gumburladi. H. Gʻulom, Za-min yulduzlari. Chingizxon ot solib kelib, Minori Kalon tagida falakka boʻy choʻzgan bu obidaga mahliyo boʻlib qolibdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- —Oʻzbek tilining izoqli lugʻati
- Osmoni falak s. t. 1) juda baland, yuk-sak. -Siz bilan toʻxtovsiz qilingan mai-shatlar meni avval osmoni falakka olib chiqib, keyin jarga uloqtirdi, — dedi Olim Ergashga. B. Rahmonov, Qilmish-qidirmish. Shu barobar oldinda chang-toʻzonni osmoni falakka chiqaribgirdobkoʻtarildi. M. Mansurov, Yombi; 2) koʻchma dabdabali, baland-parvoz. Hopopaiiap gumburi va karnaylar sado-si yana osmoni falakka chiqdi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo.
- koʻchma Taqdir, qismat, koʻrgilik. Men oʻzim bu falakning dastidan najot izlay-man, begim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Ey falak, charxing buzilsin, Kimlarga xor et-dingmeni. E. Usmonov, Yolqin.
- Falakning gardishi bilan Favqulodda holarda, gʻayriixtiyoriy ravishda, vaziyat talabi, biror majburiyat orqasida; taqdir taqozosi bilan. Bu gʻarib va kimsasiz kishi asli Sabzavor shahridan, falakning gardishi bilan Hirotga kelib qolgan. Mirmuhsin, Meʼmor. FaJshknung gardishi bilan shu qish-loqqa kuyov boʻlib keldi. "Mushtum". Parvoyi falak Yuz berayotgan voqea va hodisalarga befarq qarovchi; parvo qilmaydigan, begʻam. Gʻoʻzalaringiz chanqab ketibdi.. siz boʻlsangiz parvoyi falaksiz. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda. Yuvosh esa parvoyi falak; hech narsa bilan ishi yoʻq, doim xursand. E. Raimov, Ajab qishloq. Figʻoni falakka chiqmoq (yoki oʻrmalamoq, koʻtarilmoq) Had-dan tashqari ja>uti chiqmoq, asabiylashmoq, boʻgʻilmoq. Xayri bogʻchadan oʻgʻlini olgani kirganda, tarbiyachining figʻoni falakka chi-qib turgan edi. S. Ahmad, Qadrdon dala-lar. -Padariga ming laʼnat, shu ham koʻp boʻldimi, — sakson yoshlar atrofidagi ota-xonning figʻoni falakka oʻrmaladi. "Mushtum".
Kelib chiqishi
a. alia — osmon; osmon gumbazi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0