Izohli lug‘at
falon
фалон
Ma’nolari
- gum. olm. 1 Narsa, shaxs yoki voqea-hodisa, ular haqidagi biror xususiyat, belgini aniq bildiruvchi soʻzlar oʻrnida ishlatiladi. Falon kishi. Falon narsa. Falon joy. Fa-lon soʻm. Falon vaqt. v Fa/yun vaqtda ke-laman desa, tamom, kelmasdan qoʻymasdi. Oʻ. Umarbekov, Charos. Falon hovlida boʻyi yet-gan qiz bor, degan gapni eshitib, koʻzimiz oʻynar, lekin yuzini koʻrmasdik. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Falon-pismadon (yoki falon-piston, fa-lon-tugun) s. t. U-bu, unday-bunday, anavi-manavi. Falon-piston deb gapni choʻzma. m Akam paqirning qornini yorsang, alif chiq-maydi-yu, tagʻin fa,yunu pismadon deganiga kuyaymi! P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Biror xususiyat yoki hodisaning, jara-yonning miqdoran juda ortiqligini, yuqo-ri darajada ekanligini bildiradi. Eng yomo-ni — shaharda qovun yetishmayotgan ekan, bir tilimi falon pul emish. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati. -Siniqchiga obo-rishni oʻzim ham bilaman. U falon pul soʻray-di. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Bozorda mushtumday joʻja falon pul. Shuhrat, Jannat qidir-ganlar.
- Odob-axloqqa zid, aytish uyat hisob-langan soʻzlar oʻrnida qoʻllanadi. Ona bilan qizni bir odamning falon qilishi shariat yuzasidan tuzuk emas. S. Ayniy, Qullar. Kampir, agar shunga tegmasang — falon, deb ogʻziga soʻz oldi, meni uyidan haydab chiqardi. "Mushtum".
Kelib chiqishi
a. uMa — shunday, shunday bir
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0