ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

fantaziya

фантазия

Ma’nolari

  1. Insonning biror narsani oʻylab chiqarish, tasavvur qilish qobiliyati; ijo-diy tasavvur, faraz. Fantaziyasi kuchli odam, tt Devoriy suratda faqat fantaziyaga tayanib ish koʻrib boʻlmaydi. "Guliston". Sar-guzasht — fantaziya bilan tirik, folklor esa fantaziya bobida yozuvchi uchun bamisoli bir qanot. U. Normatov, Talant tarbiyasi. Shaxmat oʻyini fantaziyani qoʻzgʻatadi va oʻstiradi. Gazetadan.
  2. Amalga oshishi qiyin boʻlgan yoki umuman amalga oshmaydigan, xomxayol, puch orzu. Ochil.. Mahkamning ijod fantaziya-siga tushunmaganidan jilmayar edi. P. Qo-dirov, Uch ildiz. E, bunga ishonmayman, bu puch xayol, fantaziya. Gazetadan.
  3. mus. Erkin uslubdagi yengil musiqa asari. Katta va kichik formadagi eng yaxshi asarlarning deyarli hammasi tinglovchilarga havola qilinmoqda.. M. Nasimov va boshqa kompozitorlarning.. rapsodiya va fantaziya-lari shular jumlasidandir. B. Ziyoyev, Ijod ufkdari.

Kelib chiqishi

yun. phantasia — xayol, ta-savvur

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish