ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

faoliyat

фаолият

Ma’nolari

  1. Biror sohada olib boriladigan ish, mashgʻulot, harakat. Ijodiy faoliyat. Siyosiy faoliyat. Ijtimoiy faoliyat. Nutqiy faoliyat. m Shoir oʻz ijodiy faoliyatida yangi dunyo yaratuvchi kishilar toʻgʻrisida kuylab keldi. N. Safarov, Ocherklar. Bernora Qoriyeva oʻz faoliyati davomida juda koʻp quvonchli, hayajonli kunlarni boshidan kechirdi. "Saodat".
  2. Shunday ish, harakat jarayoni. Yurak-ning faoliyati. m Organizmning normal hayot faoliyati uchun oqsil, yogʻ, uglevodlardan tashqari vitaminlar ham zarur. "Saodat". Koʻk choy kishi ruhini tetik qilib, ish faoliyatini yaxshilaydi. "Fan va turmush".

Kelib chiqishi

a. L^JUi — harakatchanlik; taʼsirchanlik; samaradorlik

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish