ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

farrosh

фаррош

Ma’nolari

  1. tar. Koʻcha-koʻy, hovli va bogʻlarga suv sepib, supurib-sidirib yuruvchi xizmatkor; qorovul. Oʻnlab farroshlar hafsala bilan yer supurgan, meshkobchilar etaklarini belboqqa qistirib, suv sepgan. S. Siyoyev, Avaz. Eshikda qari farrosh Hoji Solih paydo boʻldi. U darvishnamo, kamtarin, xayolchan kishi edi. Oybek, Navoiy.
  2. Idora yoki muassasalarda xonalarni supurib-sidiruvchi xodim. Farroshlarimiz yetarli, har kuni peshtaxtalar tozalanib, xlor bilan yuviladi. Gazetadan. Ikki yildan keyin bozorning farroshi unga odam qoʻydi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa.

Kelib chiqishi

a. oilya — xizmatkor; malay; yigʻishtiruvchi; qorovul

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish