Izohli lug‘at
farz
фарз
Ma’nolari
- [a. — farmoyish, amr, koʻr-
- satma] din. 1 Shariatda barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan diniy amallar. Haj islomiy fapzJshpnung beshin-chisi va soʻnggisidir. Gazetadan. ..musulmoshshr uchun xudoning aytgani farz boʻlib, unga shak keltirish, undan zorlanishning oʻzi ham gunoh hisoblanadi. "UTA".
- Farzi ayn din. Barcha musulmonlar bi-lishi, bajarishi shart boʻlgan asosiy qoi-dalar hamda shunday qoidalar yozilgan toʻp-lam. Butun umrida peshonasi sajda koʻrma-ganlar ham koʻp, ammo farzi aynning bosh tomonidan toʻrt-besh jumlani har kim qiynalmasdan sayray olar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Rais afandi mulozimlariga darra koʻtartirib, namozsizlarni tekshirar, farzi aynni bilmaganlarni urdirar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Bajarilishi zarur boʻlgan axloqiy-maʼnaviy vazifa, burch. Yoshning hurmati — qarz, qarininghurmati — farz. Maqol. Qarz, qarzni berish farz. Maqol. m Keksalardan koʻngil soʻrab turish, kezi bilan koʻmak berish yoshlarga farzu qarz. Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0