Izohli lug‘at
farzand
фарзанд
Ma’nolari
- Bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola; oʻgʻil yoki qiz (ota-onaga nisbatan); bola.
- Oʻz Vatani yoki xalqiga manfaat keltiradigan, unga astoydil xizmat qiladigan kishi; vatanparvar, elsevar.
- Biror jamoa, ijtimoiy-siyosiy, gʻoyaviy guruh, harakat yoki hududga man-sub, unga aloqador shaxs.
- koʻchma Biror maʼnaviy, ruhiy faoliyat mahsuli.
Misollar
- Farzand aziz, odobi undan aziz. — Maqol.
- Davlatning boshi — farzand. — Maqol.
- Ota-onang — davlating, Farzandlaring — savlating. — Maqol.
- Farzand — bu kelajak, farzand — oʻtgan ajdodlarni kelajak avlodlar bilan abadiy bogʻlaydigan halqa. — K. Yashin — Hamza.
- Asrorqul farzand koʻrdi.. bolaning otini Yodgor qoʻydi. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Vatanning sodiq farzandlari.
- Millat farzandi.
- Mustaqil davlat farzandi ekanligimdan boshim osmonga yetdi. — Gazetadan.
- Musulmon farzandi.
- -Musulmon farzandisiz, dilingizdagi vasvasani haydang. — K. Yashin — Hamza.
- Qaylardadir fisqu fasod, hasad, xusumat Insoniyat farzandlarin tortmoqda dorga. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Sheʼr — ilhom farzandi.
- Aql — ehtiyoj farzandi.
Kelib chiqishi
f. — bola, oʻgʻil-qiz; nasl
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0